0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

Tabiiy fanlar fakulteti




TO’XTABOEV NOZIMJON XOSHIMJONOVICH
Fakulteti dekani. Texnika fanlari nomzodi, dotsent
Telefon: 0(374)223-83-82
E-pochta: tabiiy-fan@umail.uz
Qabul kunlari: Har kuni

Fakultet dekani biografiyasi:

  • 1991-1993 yillarda - Andijon davlat pedagogika instituti yoshlar qo‘mitasi raisi
  • 1993-1993 yillarda - Andijon davlat universiteti yoshlar qo‘mitasi raisi
  • 1993-1993 yillarda - Andijon davlat universiteti aspiranti
  • 1993-1996 yillarda - Andijon davlat universiteti aspirantura
  • 1996-1998 yillarda - Andijon davlat universiteti organik va umumiy kimyo kafedrasi assistenti
  • 1998-1998 yillarda - Andijon davlat universiteti organik va umumiy kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi
  • 1998-1998 yillarda - Andijon davlat universiteti organik va umumiy kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi
  • 1999-2002 yillarda - Andijon davlat universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i
  • 2002-2003 yillarda - Andijon davlat universiteti o‘quv bo‘limida inspektor
  • 2003-2003 yillarda - Andijon davlat universiteti sirtqi bo‘limi boshlig‘i
  • 2003-2004 yillarda - Andijon davlat universiteti fizik va organik kimyo kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi
  • 2004-2004 yillarda - Andijon davlat universiteti o‘quv bo‘limi boshlig‘i
  • 2004-2005 yillarda - Andijon davlat universiteti fizik va organik kimyo kafedrasi dotsenti
  • 2005-2005 yillarda - Andijon davlat universiteti o‘quv bo‘limi metodist
  • 2005-2006 yillarda - Andijon davlat universiteti umumiy kimyo kafedrasi dotsenti
  • 2006-2006 yillarda - O‘quv boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
  • 2006-2006 yillarda - Andijon davlat universiteti mintaqaviy tadqiqot markazi raxbari
  • 2006-2006 yillarda - Andijon davlat universiteti mintaqaviy multimedia studiyasi direktori
  • 2006-2009 yillarda - Andijon davlat universiteti o‘quv metodik boshqarma boshlig‘i
  • 2009-2011 yillarda - Andijon davlat universiteti maxsus sirtqi bo‘limi dekani
  • 2012-2011 yillarda - Andijon viloyat xokimligi mudiri
  • 2011-2013 yillarda - Andijon viloyat xokimligi kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassis
  • 2014-2015 yillarda - Andijon davlat universiteti umumiy kimyo kafedrasi dotsenti
  • 2014-2017 yillarda - Andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi dotsenti
  • 2017-yildan shu kunga qadar Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti dekani
 

YULDASHEV AKMALJON AHMADJONOVICH
O`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari
Telefon: 0(374)223-83-82
E-pochta:

MAMAJONOV ABROR ADILJONOVICH
O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: 0(374)223-83-82
E-pochta: bio-mamajonov@umail.uz

TURSUNOV YAHYO BAXODIROVICH
Ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: 0(374)223-83-82
E-pochta: bio-ytursunov@umail.uz

 
Bugungi kunda fakultetda 4 ta kafedra faoliyat olib bormoqda. Bular “Zoologiya”, “Biologiya va ekologiya”, “Kimyo” va “Geografiya” kafedralaridir.
Fakultetda 4 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida mutaxassis pedagoglar tayyorlanadi: 5140100-“Biologiya”, 5630100-“Ekologiya va atrof muhit muhofazasi”, 5140500-“Kimyo” va 5140600-“Geografiya”.
Bitiruvchilar maktab, Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida pedagogik faoliyatlarini olib borishlari mumkin.
 

FAKULTET KAFEDRALARI


BIOLOGIYA VA EKOLOGIYA KAFEDRASI

NORALIYEVA NASIBA MAMANOVNA
Kafedra mudiri. Biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Telefon: 0(374)2238382
E-pochta: 

 
Kafedra 1935 yilda Andijon o‘qituvchi-pedagog kadrlar tayyorlash instituti bazasida Tabiyot-geografiya  fakulteti tasarrufida faoliyatini boshlagan.
Kafedraga dots. I.Sottiboev (1963-1971), U.Muxitdinov (1971-1975), S.Xoliqov (1975-1986), O.Jalolov (1986-1988), A.Dariev (1988-1991), S.Xoliqov (1991-1999), K.Tojiboev (1999-2002), T.Madumarov (2002-2006), N.Noralieva (2006-2008), T.Madumarov (2008-2010), D.To‘ychieva (2010-2011), A. Mamatyusupov (2011-2012), E.Ro‘zmatov (2012-2015) yillarda mudirlik qilganlar.
2015 yildan buyon kafedrani biologiya fanlari nomzodi, dotsent A.A.Imirsinova boshqarib kelmoqda.
Hozirgi kunda kafedrada professor-o‘qituvchilari  ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, biologiya, kimyo, geografiya, shuningdek, nobiologik ta’lim yo‘nalishlariga bilim beradilar.
Kafedrada asosan Botanika, ekologiya, ekologiya asoslari, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, genetika va seleksiya asoslari, ijtimoiy ekologiya, gidroekologiya,  mintaqalar ekologiyasi kabi 40 dan ortiq  fanlar o‘qitiladi.
Kafedraning ilmiy tadqiqot  yo‘nalishi: “O‘zbekiston florasi va o‘simliklar qoplamini o‘rganish” mavzusida bo‘lib, shu doirada kafedrada quyidagi ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda:
1. “Alohida ahamiyatga ega botanik xududlarni tanlash - O‘zbekistonda bioxilma xillikni asrashning yangi yo‘nalishi” (Fundamental tadqiqot: 2012-2016 yy.) –Loyiha rahbari: b.f.d., prof. T.A.Madumarov;
2. “Farg‘ona vodiysi shimoliy qismi o‘simliklar qoplamining antropogen transformatsiyasini baholash”(Amaliy tadqiqot: 2015-2017 yy.) – Loyiha rahbari: b.f.n., dots. N.M.Naralieva;
3. “Poaceae L. oilasining Triticeae Dum. tribasi yovvoyi turlari genofondini ex-sity da saqlash” (Amaliy tadqiqot: 2015-2017 yy.)  - Loyiha rahbari: b.f.n., dots. A.A.Imirsinova.
Kafedra o‘quv jarayoniga kafedra ixtiyoridagi “Gerbariy” laboratoriyasi hamda “Botanika bog‘i” ham bevosita jalb etilgan bo‘lib, unda talabalar amaliy mashg‘ulotlarni olib borishadi.

KIMYO KAFEDRASI

ISAYEV YUSUV TOJIMATOVICH
Kafedra mudiri
Telefon: 0(374)2238382
E-pochta: kimo_iyut@umail.uz

 
Kafedra haqida ma`lumot
 
ZOOLOGIYA KAFEDRASI

TO`YCHIYEVA DILFUZA SODIQJONOVNA
Kafedra mudiri. Dotsent.
Telefon: 0(374)2238382
E-pochta: biolog_1966@umail.uz

 
Zoologiya kafedrasi 1911-yilda Zoologiya va biokimyo kafedralari negizida tashkil qilingan. Kafedraga 2011 yildan buyon dots. Dilfuza To`ychiyeva mudirlik qilib kelmoqda. Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari yaxshi yo`lga qo`yilgan  bo`lib, 2016 yildan buyon  katta ilmiy xodim tadqiqotchilik instituti tashkil qilingan. Shuningdek kafedrada zoologiya, o`simlilar fiziologiyasi, biokimyo mutaxasisliklari bo`yicha magistrlar tayyorlanadi.
 
GEOGRAFIYA KAFEDRASI

QODIROV RAHIMJON BOLTABOYEVICH
Kafedra mudiri. Geografiya fanlari nomzodi, dotsent
Telefon: 0(374) 223-83-82
E-pochta: 

 
Andijon davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya kafedrasiga 1961 yilda asos solingan. Ilk  marotaba geografiya mutaxassisligi bo‘yicha o‘qituvchi-pedagog kadrlar 1935 yildan tayyorlana boshlangan. Universitetda geografiya ta’lim yo‘nalishi ochilgach, 1995 yilda Geografiya kafedrasi qayta tashkil etiladi. Kafedraga prof. A.Maqsudov, dots. M.Mamajonov, dots.R.Qodirov, g.f.n A.Isaevlar mudirlik qilgan.
Kafedraning ilmiy yo‘nalishi – Farg‘ona mintaqasi iqtisodiy – ijtimoiy rivojlanishining geografik jihatlari.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2017. Barcha huquqlar himoyalangan.