0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

Xorijiy tillar fakulteti




MAMATQULOV ABDULXAFIZ
Fakulteti dekani. Filologiya fanlari nomzodi
Telefon: 0(374)2234276
E-pochta:
Qabul kunlari: Har kuni

Fakultet dekani biografiyasi:

  • 1958 yil sentyabr oyining 19 sanasida Andjon tumani Ko’nji qishlog’ida hizmatchi oilasida tavallud topgan
  • 1975 yildan 1980 yilgacha Andijon davlat tillar pedagogika institutida tahsil olgan
  • 1981 yildan 1983 yilgacha Andijon davlat tillar pedagogika instituti Ingliz tili fonetikasi va grammatikasi kafedrasida o’qituvchi lavozimida faoliyat ko’rsatgan
  • 1983 yildan 1985 yilgacha Toshkent davlat universiteti stajyor tadqiqotchisi
  • 1985 yildan 1986 yilgacha Andijon davlat tillar pedagogika instituti Ingliz tili leksikasi va stilistikasi kafedrasi o’qituvchisi.
  • 1986 dan 1989 yillarda Toshkent davlat chet tillar instituti aspiranti
  • 1989 yildan 1991 yilgacha Andijon davlat tillar pedagogika instituti Ingliz tili fonetikasi va grammatikasi kafedrasi o’qituvchisi.
  • 1991 yildan 1993 yilgacha Andijon davlat tillar pedagogika instituti Ingliz tili fonetikasi va grammatikasi kafedrasi katta o’qituvchisi.
  • 1994 yildan 1995 yilgacha Andijon davlat tillar pedagogika instituti Ingliz tili fonetikasi va grammatikasi kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi.
  • 1996 yildan 1998 yilgacha Andijon davlat tillar pedagogika instituti Ingliz adabiyoti tarixi, tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.
  • 1998 yildan 1999 yilgacha Andijon davlat tillar pedagogika instituti o’quv va ilmiy ishlar bo’yicha prorektori lavozimida (o’rindoshlik asosida Ingliz va Amerika adabiyoti tarixi, tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti) lavozimida ishlagan.
  • 1999 yildan 2002 yilgacha Andijon davlat tillar pedagogika instituti Ingliz tili grammatikasi va tarixi kafedrasi mudiri.
  • 2002 yildan 2010 yilgacha Andijon davlat tillar pedagogika instituti o’quv ishlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan aloqalar bo’yicha prorektori (o’rindoshlik asosida Ingliz tili amaliy kursi va grammatikasi kafedrasi dotsenti) lavozimida ishlagan.
  • 2010 yildan 2015 yilgacha Andijon davlat Universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.
  • 2015 yildan hozirgi vaqtgacha Andijon davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda.

MIRZAKARIMOV MAHMUDJON RO’ZIBOYEVICH
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: 0(374)2234276
E-pochta: xorijiytil_anddu@edu.uz

 

KARIMOV KAMOLDIN NASRIDDINOVICH
O`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari
Telefon: 0(374)2234276
E-pochta: xorijiytil_anddu@edu.uz

 

LATIBJANOV A’ZAMJON AKRAMOVICH
O`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari
Telefon: 0(374)2234276
E-pochta: lazak76@umail.uz

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2010 yil 30 аvgustdаgi “Аndijоn dаvlаt univеrsitеtidа kаdrlаr tаyyorlаsh tuzilmаsini tаkоmillаshtirish to’g’risidа”gi 192-sоnli qаrоri vа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mаxsus tа’lim vаzirligining 2010 yil 3 sеntyabrdаgi 341-sоnli buyrug’i bilаn Аndijоn dаvlаt univеrsitеti nеgizidа xоrijiy tillаr fаkultеti tаshkil etildi.
Hоzirdа xоrijiy tillаr fаkultеtidа аsоsаn Тoshkent, Xorazm, Аndijоn, Fаrg’оnа, Nаmаngаn vilоyatlаridаn kеlgаn tаlаbа yoshlаr ingliz tili vа аdаbiyoti, frаnsuz tili vа аdаbiyoti, nеmis tili vа аdаbiyoti bаkаlаvr tа’lim yo’nаlishlаri bo’yichа tаhsil оlаdilаr va shu bilan birga 2016-2017 o’quv yilida fakultetda magistratura yo’nalishi ham faoliyat ko’rsatishni boshladi.
Talabalаr ixtiyoridа Аxbоrоt rеsurs mаrkаzi, lingаfоn vа kоmputеr sinflаri, zаmоnаviy spоrt zаl, bаssеyn, tаlаbаlаr turаr jоyi bоr. O’quv mаshg’ulоtlаridаn so’ng tаlаbа yoshlаr o’z bilimlаrini turli fаn to’gаrаklаridа оshirib bоrаdilаr, spоrt to’gаrаklаridа sоg’liklаrini tiklаb, mustаhkаmlаb bоrаdilаr.
Tаlаbаlаrgа univеrsitеtning tаjribаli prоfеssоr-o’qituvchilаri – fаn dоktоrlаri, fаn nоmzоdlаri sаbоq bеrаdilаr. Fаkultеt tаsаrrufidаgi 6 tа mutаxаssislik (ingliz tili vа аdаbiyoti, ingliz tili fоnеtikаsi, ingliz tili grаmmаtikаsi vа til аmаliyoti, frаntsuz tili vа аdаbiyoti, nеmis tili vа аdаbiyoti, fakultetlararo chet tillar) kаfеdrаlаridа prоfеssоr-o’qituvchilаr fаоliyat ko’rsаtаdilаr.
Xоrijiy tillаrni o’qitishdа innоvаtsiоn tа’lim tеxnоlоgiyalаridаn fоydаlаnish kеng аmаlgа оshirib kеlinmоqdа.
O’zbеkistоndа fаоliyat ko’rsаtаyotgаn xоrij mаmlаkаtlаri elchixоnаlаri bilаn аlоqа o’rnаtilgаn.
O’zbеkistоndаgi Frаnsiya elchixоnаsining Viktоr Gugо nоmli mаdаniyat mаrkаzi, Gеrmаniya elchixоnаsining DAAD tаshkilоti, Gyotе instituti filiаli, Аngliya elchixоnаsining Britаniya Kеngаshi shulаr jumlаsidаndir.
2016 – 2017 yillarda 4 nafar yosh mutahassislik Angliyaning Hopbur til o’rgatish institutida, bir nafar o’qituvch AQSHda, 1 nafari Fransiyada malaka oshirib qaytidillar. Ikki nafar katta ilmiy hodimlar Italiyaning Piza universitetida ilmiy stajirofkada boldilar.
 
FAKULTET KAFEDRALARI
 
FRANSUZ TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
 

RAIMJONOV ZAFARBEK HASANBOEVICH
Kafedra mudiri.

Telefon: 0(374)2234276
E-pochta: zraimjonov@umail.uz

 
Kafedra 1968 yil tashkil etilgan. Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi bakalavr malakaviy darajasi  5111400 – xorijiy tillar va adabiyoti (fransuz tili) bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash soxasida faoliyat olib bormokda.
Kafedraning mutaxassislar tarkibi ilmiy salohiyati, kasb maxorati, malakaviy darajasi xalqaro andozalar talablariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun” talablari darajasida mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan.
Kafedrada 24 ta fan o‘qitiladi. Kafedra qoshida “Fransuz tili amaliyoti”, “Fransuz adabiyoti”, “Leksikologiya” kabi fan to‘garaklari faoliyat ko‘rsatadi.
Kafedra Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda O‘zbekistonning ko‘plab oliy o‘quv yurtlari bilan uzviy aloqa o‘rnatgan. Kafedra professor-o‘qituvchilaridan aksariyati Fransiyaning hamda boshqa mamlakatlarning nufuzli oliygoxlarida malaka oshirib qaytgan.
Kafedra faoliyatida ilmiy-tadqiqot ishlari muxim o‘rin tutadi. Kafedrada qiyosiy tipologiya, leksikografiya yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
 

FAKULTETLARARO CHET TILLAR KAFEDRASI

 

MAMATQULOV ABDULXAFIZ
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari nomzodi.

Telefon: 0(374)2234276
E-pochta: chet_anddu@edu.uz

 
2010 yilda Andijon davlat tillar pedagogika instituti Andijon davlat universiteti tarkibiga qo‘shilganidan so‘ng, horijiy tillar fakulteti tashkil qilindi. Andijon davlat universitetida faoliyat ko‘rsatgan horijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari fakultetning  ingliz tili va adabiyoti, nemis tili va adabiyoti hamda fransuz tili va adabiyoti  kafedralari tarkibida faoliyat ko‘rsata boshladilar.
Universitetning yangi sturukturasiga asosan Fakultetlararo chet tillar  kafedrasi  2015 – yil iyul    oyida yangidan  tashkil qilindi.  Kafedra mudiri etib  f.f .n  A.L. Mamatqulov tayinlandi.
 

INGLIZ TILI FONETIKASI KAFEDRASI

EGAMBERDIYEV JASURBEK JAXONGIROVICH
Kafedra mudiri.

Telefon: 0(374)2234276
E-pochta: ingfonet_anddu@edu.uz

 
Kafedra dastlab Ingliz tili leksikasi va stilistikasi deb nomlangan bo‘lib 1991-yilda tashkil topgan. Unga filologiya fanlari doktori, professor S.R.Rahimov kafedra mudiri etib tayinlangan.
2015 yildan boshlab kafedra “Ingliz tili fonetikasi kafedrasi” deb yuritilmoqda.
Kafedrada Ingliz tili stilistikasi, Ingliz tili nazariy fonetikasi, Ingliz tili leksikologiyasi, Mamlakatshunoslik, O‘qish va yozish amaliyoti, Til aspektlari amaliyoti, Integrallashgan til ko‘nikmalari, Kommunikativ leksika, Amaliy fonetika fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.
 

INGLIZ TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI

VOSITOV VALIJON ABDUVAXOBOVICH
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Telefon: 0(374)2234276
E-pochta: ingfonet_anddu@edu.uz

 
Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi sobiq Andijon davlat tillar pedagogika institutining ingliz adabiyoti tarixi, tarjima nazariyasi kafedrasi negizida 2010-2011 o‘quv yillarida qayta tashkil etildi.
 

NEMIS TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI

UMARXO`JAEV MUXTOR ESHONXO`JAEVICH
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari doktori, professor.

Telefon: 0(374)2234276
E-pochta: nem_anddu@edu.uz

 
Andijon davlat universiteti tarkibida hozirgi mavjud bo‘lgan xorijiy tillar fakultetining nemis tili va adabiyoti kafedrasi. Kafedrada til ko‘nikmalari integratsiyasi, o‘qish va yozish amaliyoti, til aspektlari amaliyoti, mustaqil ta’lim ko‘nikmalari, amaliy fonetika, amaliy grammatika, tilshunoslik, chet (nemis) tili, chet (nemis) tili amaliy kursi, asosiy o‘rganilayotgan til, tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti tarixi, mamlakatshunoslik, uy o‘qishi, xorijiy OAV tili, chet (nemis) tili, chet (nemis) tili amaliy kursi, chet (nemis) tili o‘qitish metodikasi, o‘rganilayotgan til (nemis tili) tarixi, nazariy grammatika, nazariy fonetika, stilistika va matn taxlili, leksikologiya, chet (nemis) tili, chet (nemis) tili amaliy kursi, Nemis va ona tili qiyosiy tipologiyasi, nemis tili stilistikasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, nemis tili nazariy grammatikasi, nemis tili nazariy fonetikasi, kasbga yo‘naltirilgan nemis tili, umumiy tilshunoslik, amaliy chet tili fanlari o‘tiladi
Nemis tili yo‘nalishida talabalar kompyuter klass, proektor, multimedia, va    zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanadi.

INGLIZ TILI VA GRAMMATIKASI KAFEDRASI

QORABOYEV JASURBEK BAHODIROVICH
Kafedra mudiri.

Telefon: 0(374)2234276
E-pochta: jkarabaev@umail.uz

 
Ingliz tili grammatikasi kafedrasi bakalavr malakaviy darajasi 5111400-xorijiy tillar va adabiyoti (ingliz tili) bo’yicha malakali mutahasislar tayyorlash soxasida faoliyat olib bormoqda.
Kafedraning mutahassislar tarkibi ilmiy salohiyati, kasb mahorati, malakaviy darajasi xalqaro andozalar talablariga shuningdek, O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to’g’risidagi Qonun” talablari darajasida mutahasislar tayyorlashga yo’naltirilgan.
Kafedra Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi elchixonasi hamda O’zbekistonning ko’plab oliy o’quv yurtlari bilan uzviy aloqa o’rnatilgan. Kafedra professor-o’qituvchilaridan aksariyati Buyuk Britaniyaning hamda boshqa mamlakatlarning nufuzli oliygohlarida malaka oshirib qaytgan.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2017. Barcha huquqlar himoyalangan.