0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

Pedagogika fakulteti





SHOKIROVA CHAROSXON TURG'UNOVNA
Pedagogika fakulteti dekani.
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Telefon: 0(374)2234052
E-pochta: pedagogika_anddu@edu.uz
Qabul kunlari: Har kuni

Fakultet dekani biografiyasi:

  • 1965 yil 18 avgustda Andijon viloyati, Izboskan  tumani Qumariq qishlog‘ida ishchi oilada tug‘ilgan
  • 1971-1980 yillarda Izboskan tumani XTBga qarashli 39-o‘rta maktabda o‘qigan
  • 1980-1984 yillarda Andijon pedagogika bilim yurtini tamomlagan
  • 1984-1989yilar Toshkent davlat pedagogika instituti badiiy grafika fakulteti talabaligiga qabul qilinib, ushbu fakultetni chizmachilik, tasviriy san’at, mehnat fani o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
  • 1989 yili Toshkent  politexnika institutining Namangan filialida chizma geometriya kafedrasida assistent-o‘qituvchi vazifasida mehnat faoliyatini boshlagan.
  • 1995-1997 yillarda Andijon elektromexanika texnikumi muhandis-pedagogi
  • 1997-2001-yillarda Andijon viloyati pedagog hodimlarining malakasini oshirish instituti rasm-chizmachilik bo‘limi uslubchi-o‘qituvchisi
  • 2001-2002 yillarda Andijon davlat universiteti chizmachilik va amaliy san’at kafedrasi assistenti
  • 2002-2007 yillarda Andijon davlat universiteti kasb ta’limi fakulteti ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
  • 2007-2010 Andijon davlat universiteti chizmachilik va tasviriy san’at kafedrasi mudiri
  • 2010-2011 yillarda Andijon davlat universiteti San’at fakulteti dekani
  • 2011-2013 yillarda ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan
  • 2013 yil avgust oyidan Andijon davlat universiteti Pedagogika fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda
HAQBERDIYEV BAXTIYOR RUSTAMOVICH
O`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari
Telefon: 0(374)2234052
E-pochta: pedagogika_anddu@edu.uz
 
SATTAROV MUZAFFAR TOLIPOVICH
O`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari
Telefon: 0(374)2234052
E-pochta: pedagogika_anddu@edu.uz
 
NURIDDINOV QAMARDIN PATIDDINOVICH
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: 0(374)2234052
E-pochta: pedagogika_anddu@edu.uz
 
 
Pedagogika fakulteti Andijon davlat universiteti rektorining 2015 yil 29 iyundagi 01-17/1 sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan. Fakultet dekani vazifasiga p.f.n., Ch. T. Shokirova tayinlangan. Fakultet tarkibiga “Pedagogika ”, “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi”, “Mehnat ta’limi”, “Tasviriy san’at va chizmachilik”, “Musiqa ta’limi” ta’lim yo‘nalishlari biriktirilgan.
Fakultetda Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi, Mehnat ta’limi, Tasviriy san’at va chizmachilik, musiqa ta’limi kafedralari mavjud.
           
O‘QUV JARAYONI

Fakultetda bugungi kunda 5111700 - “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi”, 5111800 – “Maktabgacha ta’lim” 5112100 - “Mehnat ta’limi”, 5110800 - “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi”, 5111100 – “Musiqa ta’limi” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, fakultetda   5A110901 – “Pedagogika va“ mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ham mavjud. 2016-2017 o‘quv yilida fakultetda bakalavriatda 1103 nafar talaba va 6 nafar magistrantlar ta’lim olmoqdalar.

TO‘GARAKLAR FAOLIYATI
 
Pedagogika fakulteti tarkibidagi kafedralarda bugungi kunda “Yosh matematik”, “Yosh pedagog”,  fan to‘garaklari tashkil etilgan va ularga malakali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilmoqdalar. To‘garaklar 100 dan ortiq iqtidorli talabalarni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, to‘garak a’zolari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqdalar. To‘garak a’zolarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalari universitetning “Andijon yoshlari” gazetasida, “ADU Ilmiy xabarnoma” jurnalida hamda turli to‘plamlarda chop etilmoqda. To‘garak a’zolari orasidan nomdor stipendiatlar va turli tanlov g‘oliblari yetishib chiqmoqda.
                       
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR
 
Fakultetda 50 ta akademik guruhlarda 1103nafar talaba tahsil olmoqda. Barcha guruhlarda muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli kechalar, tanlovlar o‘tkaziladi. Fakultet jamoasi universitet, shahar, viloyat, respublika miqyosidagi ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, fakultet iqtidorli talabalaridan tashkil etilgan “Dutorchi qizlar” ansambli, “Yoshlar” teatr ko‘plab tanlovlarda ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritmoqda.
 

FAKULTET KAFEDRALARI


TASVIRIY SAN`AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI KAFEDRASI
YURDANIDZE MEHRALI XOLISOVICH
Kafedra mudiri
Telefon: 0(374)2234052
E-pochta: tasviriy_anddu@edu.uz
 
Andijon Davlat universiteti  pedagogika va psixologiya fakulteti qoshida 1998 yili sentyabr oyida “Maxsus fanlar o’qitish uslubiyoti” kafedrasi bo’lib tashkil etilgan. Kafedra mudiri fizika fanlari nomzodi, dotsent E.Dadaxujaev bo’lgan.
2007 yilgacha kafedraga katta o’qituvchi B.Quchqarov mudirlik qildi. 2007 yildan 2010 yilgacha kafedraga katta uqituvchi Ch.Shakirova raxbarlik qildi. Kafedra o’qituvchilarining barchasi uchun umumiy bo’lgan «Tasviriy  sanat, chizmachilik va mexnat mashg’ulotlarining oliy va o’rta maktablarda o’qitilishini takomillashtirish masalalari» mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishlarini belgilangan reja asosida olib bormoqdalar.
2008-2009 o’quv yilida “Kasb-ta’limi fakulteti” nomi o’zgartirilib, “Tasviriy san’at va musiqa”, 2010-2011 o’quv yiliga kelib esa “San’at” fakulteti nomini oldi.
2010-2011 o’quv yilida kafedra mudiri p.f.n. Ch.Shakirova fakultet dekani etib tayinlanib, o’rniga p.f.n. B.Qo’chqorov kafedra mudiri etib tayinlandi.
2011-2012 o’quv yilidan “San’at” va “Pedagogika” fakultetilari birlashib, kafedra Pedagogika fakultetiga o’tkazildi. Xozirda kafedra shu fakultet ixtiyorida faoliyat ko’rsatib kelmokda.

MUSIQIY TA`LIM KAFEDRASI
NASRIDDINOV MIRABDULLA
Kafedra mudiri
Telefon: 0(374)2234052
E-pochta: musiqa_anddu@edu.uz
 
Musiqa kafedrasi 1991 yili tashkil etilgan. Xozirgi kunda kafedraga Mirabdulla Nasriddinov raxbarlik qiladi. Kafedramizda olti nafar katta o‘qituvchi, o‘n ikki nafar o‘qituvchi va to‘rt nafar jo‘rnavoz faoliyat ko‘rsatadi.
Kafedrada O‘zbekiston xalq artisti, ustoz san’atkor G‘ulomjon Xojiqulov faoliyat olib borgan, xozirgi kunda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Avazbek Maxmudov faoliyat ko‘rsatib yosh avlodga an’anaviy va maqom ijrochiligini o‘rgatib kelmoqda.
Kafedramidza to‘garak sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan “Dutorchi qizlar”, “Maqomchilar”, “Raqs” ansambllari fakultet, universitet va viloyatning barcha tadbirlarida ishtirok etib kelmoqdalar.
Bundan tashqari Universitetning “Yoshlar teatri” jamoasi bizning o‘qituvchi va talabalarimiz faol a’zolaridan xisoblanadi. Ushbu teatr jamoamiz respublika teatrlar ko‘riktanlovida faxrli uchinchi o‘rinni egalladilar.
Bizning sobiq talabalarimiz orasida Nihol davlat mukofotlarini qo‘lga kiritgan uch nafar qizlarimiz G.Abdulaxatova, R.Nurmatova R.Qo‘zieuva hamda bir qoncha boshqa tanlovlarda ishtirok etgan talabalarimizdan Yo.Madu-marova, S.Omonov, R.G‘ulomqodirov, I.Maxmudov, F.Oripova, S.Ne’matovalar  bizning faxrimiz hisoblanadi.
 
PEDAGOGIKA KAFEDRASI
ARTIKOVA MUHAYYO BOTIRALIYEVNA
Kafedra mudiri
Telefon: 0(374)2234052
E-pochta: muhayyo15@umail.uz
 
1930 yillarda ADPI qoshidagi mustaqil faoliyat ko`rsatuvchi Pedagogika fanlari sektsiyasi ish boshladi. 1944-1945 o`quv yilida institute sirtqi tayyorlov bo`limlari ochilishi hisobiga uning tarkibida “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mustaqil ilmiy bo`lim sifatida tashkil topdi.
Kafedra qoshida Yosh pedagog to`garagi faoliyat olib bormoqda.
 
BOSHLANG`ICH TA`LIM METODIKASI KAFEDRASI
KIYIKBOYEV FOZILJON QOSIMOVICH
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Telefon: 0(374)2234052
E-pochta: boshlangich_anddu@edu.uz
 
Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi 1960 – yilda pedagogika, psixologiya, o‘zbek tilshunosligi, matematika kafedrasi bazasidan tashkil etilgan. Kafedra a’zolari ona tili, matematika va uni o‘qitish metodikasi, rus tili fanlaridan mashg‘ulot olib boriladi.
Kafedrada 5 nafar ilmiy tadqiqotchi nomzodlik ishi ustida ish olib bormoqda. Ulardan N.Abdullaeva “O‘quv jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining geometriya asoslariga ilmiy-metodik tayyorgarligi” hamda B.Mamadalievalar “Pedagogika yo‘nalishidagi kasb-xunar kollejlari matematika o‘quv fani mazmuni va o‘qitish uslubiyotini takomillashtirish” matematika o‘qitish metodikasi, Z.Jo‘raboeva Sh.Yusupova rahbarligida “Umumta’lim maktablarining 5-sinfida “Ona tili” o‘qitishning ilmiy- metodik asoslari”; Shuningdek, katta o‘qituvchi N.Jo‘raeva “Muhammad Alining tarixiy romanlarida tarixiy so‘zlardan foydalanish mahorati” mavzusida professor A.Nurmonov rahbarligida, asisstent S. Jo‘raxonovaning “Kenja botir tipidagi o‘zbek xalq ertaklarini o‘ziga xos xususiyatlarining tarixiy asoslari va badiiyati” mavzusida professor M. Jo‘raev rahbarligida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
2015 yil iyul oyidan boshlab, kafedraga f.f.n. dots. F.Kiyikboev rahbarlik qila boshladi.
 
MEHNAT TA`LIMI KAFEDRASI
TO`RAYEV MUHAMMADJON UZAQOVICH
Kafedra mudiri. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Telefon: 0(374)2234052
E-pochta: mexnat_anddu@edu.uz
 
Kafedra  1989 yilda Fizika fakulteti negizida «Umumtexnika fanlari va mexnat» kafedrasi nomi bilan tashkil topgan. O‘tgan davr mobaynida kafedraga dotsentlar  Sh.X.Ikromov., D.Mamatisaqov, I.M.Sodiqov., A.A.Zaparov, katta o‘qituvchilar X.Axunov, L.Olimovlar mudirlik vazifasini sidqidildan bajarishgan.
Bu davrda o‘quv laboratoriyalari xonalari jixozlanib, kafedraning o‘quv-moddiy bazasi yaxshilandi. O‘zbekiston va  chet el oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tekshirish institutlari bilan aloqalar kengaytirildi.
2015 yilning sentabr oyidan boshlab kafedrada mudirlik vazifasini texnika fanlari nomzodi M.U.To‘raev  boshkarmokda. Bugungi kunda  kafedrada professor A.B.Djumaboev, dotsentlar Sh.X.Ikromov, A.A.Zaparov, katta o‘qituvchilar S.Ubaydullaev, S.Toshpo‘latova, M.Nurmatov  assistentlar G.Mamajonova, Sh.Jaloldinova  ishchi xodimlar R.Tuychiev, M.Kambarova va F.Botirovalar faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Kafedrada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy va uslubiy ishlar olib boriladi:
1. Umumtexnika fanlarini o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish va takomillashtirish (dotsentlar A.A.Zaparov, Sh.X.Ikromov, assistentlar G.Mamajonova,Sh. Jaloldinova).
2. Zamonaviy mashinasozlik materialshunosligi,ularning  xossalarini o‘rganish va ikkilamchi materiallardan xom ashyo olishni yulga kuyish. (Prof. A.B.Djumaboev,  katta o‘qituvchilar  M.U.To‘raev, M.Nurmatov, S.Toshpo‘latova,  S.Ubaydullaev).      
Bu tadqiqotlarning natijasida dotsent M.U.To‘raev raxbarligida «Issiqlik elektrostansiyalarining rotorli tegirmoni uchun tashuvchi yelka (kurak) ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zlashtirish” innovatsion granti bajarilgan.
Kafedraning professor-ukituvchilari tomonidan uzlarining shaxsiy ish rejalari, kafedraning yillik ish rejalari va ilmiy-uslubiy seminarlari rejalariga kiritilgan kun tartibidagi masalalar yuzasidan topshiriklarni bugungi davr talabida bajarishga astoydil xizmat kilmokdalar.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2017. Barcha huquqlar himoyalangan.