0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

Tarix fakulteti




SHAMSITDINOV RAVSHANBEK RUSTAMBEKOVICH
Fakulteti dekani. Tarix fanlari nomzodi
Telefon: 0(374)
E-pochta:
Qabul kunlari: Har kuni

 

Fakultet dekani biografiyasi:

  • 1972 yil 2 aprelda Andijon viloyati, Marhamat tumani Qoraqo‘rg‘on qishlog‘ida ishchi oilasida tug‘ilgan
  • 1979-1989 yillarda Marhamat tumani XTBga qarashli 24-o‘rta maktabda o‘qigan
  • 1990-1992 yillarda harbiy xizmatni o‘tgan
  • 1997 yil Andijon davlat universiteti Tarix fakultetini tarixchi-tarix o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan
  • 1997 yili Andijon davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasida kabinet mudiri vazifasida mehnat faoliyatini boshlagan
  • 1997-2000 yillarda Andijon davlat universisteti O‘zbekiston tarixi mutaxassisligi bo‘yicha aspiranturada o‘qigan
  • 2001-2005 yillarda Andijon davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi
  • 2005-2006 yillarda Tarix va iqtisod fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
  • 2006-2007 yillarda O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri
  • 2007-2010 yillarda O‘zbekiston tarixi mutaxassisligi bo‘yicha doktoranturada tahsil olgan
  • 2010-2012 yillarda Andijon davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti
  • 2012-2015 yillarda O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib bordi
  • 2015 yil avgust oyidan ADU Tarix fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda

M.G. Abdullaev 2002 yilda O‘zMU xuzuridagi Ixtisoslashgan Kengashda 07.00.01 - Vatan tarixi mutaxassisligi bo‘yicha “O‘zbekistonda sovetlarning “quloq” qilish siyosati va uning fojiali oqibatlari (1929-1945 yillar)” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Xozirda “O‘rta Osiyodagi maxsus posyolkalar tizimi va surgun qilingan “quloqlar” taqdiri (1930-1954 yillar)” mavzuida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.M.G. Abdullaevning O‘zbekiston tarixining turli masalalariga doir 5 ta kitobi va 60 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.

 
XUDOYAROV NOYIBJON MARIPJONOVICH
O`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari

Telefon:
E-Pochta:
 
DJUMABOYEV IQBOLJON BURXANULLAEVICH
O`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari

Telefon:
E-Pochta:
 
Tarix fakulteti Andijon davlat universiteti rektorining 1992 yil 28 apreldagi 02-92 sonli buyrug‘i bilan alohida fakultet sifatida tashkil etilgan. Yangi fakultetning birinchi dekani vazifasiga t.f.n., dots. M. Sultonov tayinlanadi.
1993 yil 2 dekabrdan fakultetga dots. A.Anorboev dekanlik qila boshladi. Ushbu o‘quv yilidan “Huquqshunos-pedagog” yo‘nalishi bo‘yicha talabalar qabul qilina boshladi. Shu munosabat bilan “Sharqshunos-iqtisodchi” yo‘nalishi tarix fakulteti tarkibiga qo‘shilib, “Jurnalistika” ta’lim yo‘nalishi filologiya fakulteti tarkibiga o‘tkazildi. 1996 yil fevral oyida fakultetga dekan etib professor R.T.Shamsutdinov tayinlandi. 1996-1997 o‘quv yilidan boshlab fakultetda “Iqtisodchi-pedagog” ta’lim yo‘nalishi ham ochildi. Umumiy tarix kafedrasi negizida Yevropa va Amerika tarixi kafedrasi hamda Sharq tarixi kafedralari tashkil etildi. 1998-1999 o‘quv yili boshida Tarix fakulteti tarkibidagi Huquqshunoslik kafedrasi “Huquqshunoslik”, “Sharqshunos-iqtisodchi”, “Iqtisodchi-pedagog” ta’lim yo‘nalishalri negizida tashkil etilgan Huquq-iqtisod fakultetiga o‘tkazildi. Tarix fakulteti tarkibida 3 ta kafedra – O‘zbekiston tarixi kafedrasi, Umumiy tarix kafedrasi, Roman-german tillari kafedrasi biriktirildi.
1999 yil iyun oyidan fakultetga dots. Sh.Asqarov dekanlik qila boshladi. 2001-2002 o‘quv yilidan t.f.d. Z.A.Qutiboev Tarix fakulteti dekani lavozimida faoliyat ko‘rsata boshladi.
2003 yil iyul oyida t.f.n., dots. Q.Nasritdinov tarix fakulteti deani etib tayinlandi. 2005-2006 o‘quv yilidan fakultet tarkibida “Iqtisod” yo‘nalishi ochilib, fakultet tarix-iqtisod fakulteti deb yuritila boshladi. Fakultet tarkibida 4 ta: O‘zbekiston tarixi, Umumiy tarix, Iqtisodiyot va yangi tashkil etilgan O‘zbekistonda demokuratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedralari biriktirildi.
2005 yil noyabrda fakultet dekani lavozimiga t.f.n. S.A.Xoshimov tayinlandi. O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri etib t.f.n. M.G‘.Abdullaev saylandi. 2008-2009 o‘quv yilidan fakultetdagi Iqtisod bo‘limi tugatilib, fakultetning nomi Tarix fakulteti deb yuritila boshladi. Fakultet dekani lavozimida esa t.f.n. A.Mamajonov faoliyat ko‘rsata boshladi.
2011-2012 o‘quv yilidan boshlab fakultetning “Tarix” va “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishlari negizida Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti tashkil etildi. Fakultet dekani lavozimiga t.f.n. dots. B.M. Rasulov tayinlandi.
2015 yil iyun oyida Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti tarkibidan “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”, “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” yo‘nalishlari chiqarildi va “Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi negizida Tarix fakulteti tashkil qilindi. Tarix fakulteti dekani etib t.f.n., dots. M.G‘.Abdullaev tayinlandi. Xozirda fakultet tarkibida 3 ta kafedra – O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedralari mavjud.
 
 
O‘QUV JARAYONI
 
Tarix fakultetida buguni kunda 5120300 – Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, fakultetda “O‘zbekiston tarixi” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ham mavjud.
 
 
TO‘GARAKLAR FAOLIYATI
 
Tarix fakulteti tarkibidagi kafedralarda bugungi kunda “Yosh tarixchi”, “Arxivshunos”, “Numizmat”, “Yosh siyosatchi” fan to‘garaklari tashkil etilgan va ularga malakali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilmoqdalar. To‘garaklar iqtidorli talabalarni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, to‘garak a’zolari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqdalar. To‘garak a’zolarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalari universitetning “Andijon yoshlari” gazetasida, “ADU Ilmiy xabarnoma” jurnalida hamda turli to‘plamlarda chop etilmoqda. Har yili to‘garak a’zolari orasidan nomdor stipendiatlar va turli tanlov g‘oliblari yetishib chiqmoqda.
 
 
MA`NAVIY-MA`RIFIY ISHLAR
 
Tarix fakultetidagi barcha guruhlarda muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli kechalar, tanlovlar o‘tkaziladi. Fakultet jamoasi universitet, shahar, viloyat, respublika miqyosidagi ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
 
FAKULTET KAFEDRALARI
 

JAHON TARIXI KAFEDRASI

YEKATERINA ALEKSANDROVNA SMESOVA
Kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi.
Tarix fanlari nomzodi.

Telefon:
E-pochta: 
yekaterina@umail.uz
 
Kafedra ixtisosligidan kelib chiqib viloyatdagi 1 ta kasb-hunar kollej, “Bobur halqaro jamg’arma  fondi”, Andijon davlat arxivi va 2 ta akademik litseylar bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar imzolagan va mustahkam aloqa o‘rnatgan.
Êafedrada bugungi kunda “Yosh tarixchi”, “Arxivshunos”, “Numizmat”, “Arxeolegiya” fan to‘garaklari tashkil etilgan va ularga malakali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilmoqdalar. To‘garaklar iqtidorli talabalarni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, to‘garak a’zolari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqdalar. To‘garak a’zolarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalari universitetning “Andijon yoshlari” gazetasida, “ADU Ilmiy xabarnoma” jurnalida hamda turli to‘plamlarda chop etilmoqda. Har yili to‘garak a’zolari orasidan nomdor stipendiatlar va turli tanlov g‘oliblari yetishib chiqmoqda.
2016-yil kafedrada Qadimgi dunyo tarixi, Tarixiy antropologiya, Xronologiya va metrologiya, O‘rta asrlar tarixi, Jahon (Evropa va Amerika mamlakatlari) tarixi, Jahon (Osiyo va Afrika mamlakatlari) tarixi, Jahon (Eng yangi davr) tarixi, Tarixiy atamashunoslik, Evrosiyo tarixi, Jahon san’ati tarixi, Tarix o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyasi, Jahon tarixini o‘qitishda ko‘rgazmalilik metodikasi, Rossiya tarixi fanlari o‘qitiladi.
 

O‘ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI KAFEDRASI

 
XAYDAROV G'AYRATBEK MIRZAPO'LATOVICH
Kafedra mudiri. Tarix fanlari nomzodi.

Telefon:
E-pochta: 

Bugungi kunda kafedrada asosan ikkita: O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo qilishning nazariy masalalari hamda qo‘shimcha “O‘zbekistonda nodavlat va jamoat birlashmalarining shakllanish va rivojlanish istiqbollari (Islom Karimov asarlari asosida) mavzularida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedrada ta’lim, fan va ishlab chiqarish innovatsion xamkorligi yuzasidan innovatsion xamkorlik guruxlar mavjud bo‘lib samarali faoliyat olib bormoqda.
Kafedrada mavjud “Siyosiy munozara” klubi va “Mafkuraviy immunitet” to‘garaglarining rejalarida belgilangan mavzular bo‘yicha iqtidorli talabalar bilan suhbat va debatlar o‘tkazib kelinmoqda.
 

O`ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI

XOSHIMOV SOIBJON ABDURAZZAQOVICH
Kafedra mudiri. Tarix fanlari nomzodi, dotsent.

Telefon: 
E-pochta: soibjon.xoshimov@mail.uz
 
O‘zbekiston tarixi kafedrasida 5120300 – Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) bakalavr ta’lim yo‘nalishida mutaxassislar, 5A120301 – O‘zbekiston tarixi mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, kafedra qoshida 1992 yildan e’tiboran 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi mutaxassisligi bo‘yicha aspirantura va doktorantura ham faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, xozirda katta ilmiy xodim-izlanuvchilik maktabi samarali faoliyat olib bormoqda. Kafedrada professor R.T. Shamsutdinovning ilmiy maktabi yaratilgan va unda o‘ndan ortiq ilmiy-pedgogik kadrlar tayyorlandi. 
O‘zbekiston tarixi kafedrasi qoshida 1993-1998, 2005 yillarda Vatan tarixidan nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilinadigan ixtisoslashgan kengash faoliyat olib borgan va bu kengashda 20 ga yaqin nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. 
Kafedraning bosh ilmiy yo‘nalishi “O‘zbekistonning Rossiya imperiyasi va sovet mustamlakachiligi davri tarixi”, “Andijon tarixi (eng qadimgi davrdan bugungi kungacha)” deb nomlanadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tarixini  o‘qitish va tadqiq etish borasida kafedrada salmoqli ishlar amalga oshirildi. Kafedra jamoasi o‘tgan 25 yillik qisqa davr ichida Vatanimiz tarixining qadimgi davridan to mustaqillik davriga qadar bo‘lgan tarixiga oid 3 tomlik “Vatan tarixi” darsligini, shuningdek, O‘zbekistonda sovetlar tomonidan amalga oshirilgan quloqlashtirish, qatag‘on siyosati tarixi, jadidchilik harakati tarixi, milliy istiqlolchilik xarakati tarixi va tarixshunosligi, Andijon tarixi  masalalariga doir o‘nlab yirik monografik tadqiqotlarni hamda Vatan tarixining u yoki bu masalalariga doir o‘nlab asarlar, mingdan ortiq ilmiy maqolalar nashr etdilar. Shuningdek kafedra professori R.T. Shamsutdinov rahbarligidagi mualliflar jamoasi tomonidan Andijon tarixining qadimgi davrlaridan to shu kunga qadar bo‘lgan davri tarixiga bag‘ishlan o‘nga yaqin monografiya xamda kitoblar va yuzdan oriq maqolalar chop etildi. Professor R.T. Shamsutdinov tomonidan O‘zbekiston tarixi kafedrasi tarixi xamda Universitet tarixi kitoblari xam nashr etilgan.
O‘zbekiston tarixi kafedrasiga 1991-1998 yillarda professor R.T.Shamsutdinov mudirlik qildi. Uning davrida kafedra har jihatdan yuqori o‘rinlarga ko‘tarildi. Yildan-yilga kafedra kengayib, o‘quv-ilmiy va ma’naviy-tarbiyaviy faoliyati sifat jihatdan yaxshilanib bordi. Kafedraga 1998-1999 yillarda professor I.Alimov, 1999-2001 yillarda t.f.n. N.Qodirova, 2001-2005 yillarda t.f.n. S.Xoshimov, 2005-2007 yillarda t.f.n. M.Abdullaev, 2008-2012 yillarda professor R.T. Shamsutdinov   mudirlik qildi. 2012-2015 yillarda t.f.n. dotsent M.G‘. Abdullaev, 2015 yil avgust oyidan kafedraga dots. S.Xoshimov mudirlik qilmoqda.
2016 yildan kafedra professori, tarix fanlari doktori R.T.Shamsutdinov tashabbusi bilan “Vodiynoma” ijtimoiy-tarixiy ilmiy va ommabop jurnali chop etila boshladi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2017. Barcha huquqlar himoyalangan.