0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti




UBAYDULLAEV O‘KTAMJON QODIROVICH
Fakulteti dekani. Tarix fanlari nomzodi, dotsent
Telefon: 0(374)2238389
E-pochta: ubaydullayev69@umail.uz
Qabul kunlari: Har kuni

Fakultet dekani biografiyasi:

  • 1980-1986 yillarda Oltinko‘l tumanidagi 1-may jamoa xo‘jali a’zosi
  • 1988 yilda Andijon davlat pedagogika institutini tamomlagan
  • 1988-1989 yillarda harbiy xizmatda
  • 1992 yilda Andijon davlat pedagogika institutini tamomlagan
  • 1992-1995 yillarda Andijon davlat pedagogika instituti o‘zbekiston tarixi kafedrasi kabinet mudiri, stajyor-tadqiqotchisi
  • 1995-1997 yillarda Andijon davlat universiteti o‘zbekiston tarixi kafedrasi assistenti
  • 1997-1997 yillarda Andijon davlat universiteti tarix fakulteti dekan o‘rinbosari
  • 1997-2000 yillarda Andijon davlat universiteti aspiranti
  • 2000-2005 yillarda Andijon davlat universiteti o‘zbekiston tarixi kafedrasi kata o‘qituvchisi
  • 2005 yilda Andijon davlat universiteti tarix-iqtisod fakulteti dekan o‘rinbosari
  • 2005-2006 yillarda Andijon davlat universiteti o‘zbekiston tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi
  • 2006-2009 yillarda Andijon davlat universiteti milliy istiqlol g‘oyasi: huquq va ma’naviyat asoslari kafedrasi mudiri
  • 2009-2010 yillarda Andijon davlat universiteti o‘quv metodik boshqarma boshlig‘i
  • 2010-2012 yillarda Andijon davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori vazifasini bajaruvchisi
  • 2012-2013 yillarda Andijon davlat universiteti o‘zbekistonda  demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchisi
  • 2013-2015 yillarda Andijon davlat universiteti o‘zbekistonda  demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri
  • 2015 yildan Andijon davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti dekani
ISMOILOV SARVARBEK ANVARBEKOVICH
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: 0(374)2238389
E-pochta:
 
BADALOV AZIZBEK ABDUMALIKOVICH
O`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari
Telefon: 0(374)2238389
E-pochta: azizbekbadalov@umail.uz
 
Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti Andijon davlat universiteti rektorining 2015 yil 29 iyundagi 01-17/1 sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan. Fakultet dekani vazifasiga t.f.n., dots. O‘.Q.Ubaydullaev tayinlangan. Fakultet tarkibiga “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”, “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi”, “Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo‘nalishlari biriktirilgan.
Fakultetda 5 nafar fan doktori, 21 nafari fan nomzodlari, 22 nafar katta o‘qituvchilar va 32 nafar assistentlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 
O`QUV JARAYONI
 
Fakultetda bugungi kunda 5111600 - “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”, 5231600 - “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi”, 5110900 - “Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, fakultetda 5A111601 – “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Ma’naviyat asoslari)”,  5A110901 – “Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ham mavjud. 2016-2017 o‘quv yilida fakultetda bakalavriatda 499 nafar talaba va 12 nafar magistrantlar ta’lim olmoqdalar.

TO`GARAKLAR FAOLIYATI
 
Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti tarkibidagi kafedralarda bugungi kunda “Yosh iqtisodchi”, “Mafkuraviy immunitet”, “Ilmiy ijod”, “Yosh psixolog” fan to‘garaklari tashkil etilgan va ularga malakali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilmoqdalar. To‘garaklar 150 dan ortiq iqtidorli talabalarni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, to‘garak a’zolari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqdalar. To‘garak a’zolarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalari universitetning “Andijon yoshlari” gazetasida, “ADU Ilmiy xabarnoma” jurnalida hamda turli to‘plamlarda chop etilmoqda. Har yili to‘garak a’zolari orasidan nomdor stipendiatlar va turli tanlov g‘oliblari yetishib chiqmoqda.
Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi iqtidorli talabalaridan 3-kurs talabasi Umarov Azizbek 2016 yilda Navoiy nomli Davlat stipendiyasi g‘olibligiga erishdi.

        MA`NAVIY-MA`RIFIY ISHLAR

Fakultetda 26 ta akademik guruhlarda 499 nafar talaba tahsil olmoqda. Barcha guruhlarda muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli kechalar, tanlovlar o‘tkaziladi. Fakultet jamoasi universitet, shahar, viloyat, respublika miqyosidagi ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, fakultet iqtidorli talabalaridan tashkil etilgan “Andijon yoshlari” jamoasi “Tafakkur sinovlari” Respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibi bo‘lib 1-darajali diplom bilan taqdirlandi. 

FAKULTET KAFEDRALARI

PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
XALIMOVA MASHRABOY VAXIDOVNA
Kafedra mudiri. Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent
Telefon: 0(374)2238389
E-pochta: vahidovna@umail.uz
 
Kafedra o‘zining boy va sharafli tarixiga ega. Z.M.Bobur nomidagi institut qoshida mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi pedagogik-psixologik fanlar seksiyasi ish boshlagan. Kafedrada A.Ardashirov, N.D.Nikitin, V.Makaevlar kafedraning ilk tarixiga aylangan professor-o‘qituvchilardir. Dastlab pedagogika va psixologiya yo‘nalishi kafedrasi birikuvida 1991 yilda ilmiy pedagogik faoliyat olib borgan bo‘lib, kafedraga  psixologiya fanlari nomzodi M.Mamajonov rahbarlik qildi.
Kafedrada yilma yil  tarkibi oshib, yosh pedagog xodimlar faoliyat  boshladilar. Keyingi yillardagi kafedra ilmiy hayotida katta o‘zgarishlar bo‘lib kafedra ukituvchilaridan M.Xalimova va T.Suleymanovalar ilmiy ishlarini yakunlab  nomzodlik dissertatsiyalarini ximoya kildilar.   Kafedra koshida psixologik xizmat va psixodiognostik markazlar tashkil etilib uning faoliyati viloyat mikyosidagi korxona va fukorolarni o‘z-o‘zini boshkaruv organlari bilan xamkorlikda shakllanib bordi. “Psixologik xizmat” markazi viloyatdagi ko‘plab ijtimoiy tashkilotlarga xizmat ko‘rsatdi. Jumladan, Andijon viloyati IIB bo‘limiga, Viloyat ta’lim boshqarmalariga, FXDYo bo‘limlariga, MFYlarga psixologik yordam ko‘rsatdilar.
Kafedra pedagog xodimlari o‘quv dasturlari, ma’ruza matnlari, o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash kafedramiz professor –o‘qituvchilarining  asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. M.Rustambekova “Oila psixologiyasi” fanidan ma’ruza matni, katta o‘qituvchilar T.Suleymanova “Defektologiya asoslari”, Yo.Yusupova «Umumiy psixologiya» va «Psixodiognostika va eksperimental psixologiya», G.Tojiboeva “Xuquq psixologiyasi” fanlaridan  ishchi o‘quv dasturi va   ma’ruza  matnlari tayyorlandi, ayrimlari nashriyot orqali chop etilgan.  
Kafedra a’zolari o‘zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan juda ko‘plab xalqaro, regional, respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy anjumandlarda ishtirok etib keladi. Kafedra o‘zining yirik ilmiy yo‘nalishi “Shaxs shakllanishi va taraqqiyotining ijtimoiy-psixologik muammolari” bo‘yicha tadqiqot ishlarini amalga oshirib kelmoqda.
 
Kafedraning istiqbolli rejalariga asosan:
 
Talabalarda aqliy xarakatlarni shakllantirish;
Ta’lim oluvchilarni faollashtirish va jadallashtirish;
O‘qitish jarayonini samarali tashqil etish va boshqarish;
O‘quv materiallarini metodik takomillashtirish;
O‘quv materiallarini didaktik rekanstrutsiya qilish;
Dars jarayonini differensiyali o‘qitish texnologiyasi tashkil etish;
Xalq pedagogikasiga asoslangan texnologiyalardan foydalanish kabi dolzarb masalalarga e’tiborni karatish bilan birga  bilish faoliyatini tashkil etishda boshqarishning o‘ziga xos jixatlari kabi pedagogik jarayonni boshqarishning dolzarb nazariy va amaliy muammolarini amalga oshirish vazifalarini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganlar
 
MILLIY G`OYA, MA`NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA`LIMI KAFEDRASI
 
MADUMAROV TALANTBEK TOLIBJONOVICH 
Kafedra mudiri. Yuridik fanlar nomzodi, dotsent.

Telefon: 0(374)2238365
E-pochta: madumarov@umail.uz

Hozirgi kunda kafedrada huquqshunoslik (fuqarolik, jinoyat), ijtimoiy falsafa, O’zbekiston tarixi fan sohalari yo’nalishida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedra universitetning barcha fakultetlarida ijtimoiy-gumanitar yo’nalishlardagi fanlar bo’yicha o’quv mashg’ulotlari olib boradi.
 
IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI
 
YULDASHEVA FARIDA XUJAMKULOVNA
Kafedra mudiri. Falsafa fanlari nomzodi, dotsent.

Telefon: 0(374)2238389
E-pochta: adu_yuldasheva@edu.uz

“Ijtimoiy fanlar” kafedrasida  universitetning barcha fakultetlari va yo‘nalishlari uchun  falsafa, etika, estetika, mantiq, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, etnomadaniyat, tarix falsafasi va metodologiyasi,  ijtimoiy falsafa va boshqa fanlar o‘qitiladi. Kafedrada  1 nafar f.f.d., professor, 5  nafar f.f.n.,  dotsentlar faoliyat olib boradilar. Kafedrada F.Yuldasheva rahbarligida “O‘zbekistonda modernizatsiya jarayonlari va yoshlarda innovatsion ong shakllanishi” mavzusida  amaliy grant  loyihasi amalga oshirilmoqda.
Hozirda kafedrada “O‘zbekistonda modernizatsiya jarayonlari va   innovatsiyalar taraqqiyoti”  mavzusida respublika  ilmiy-amaliy  konferensiyasining ilmiy to‘plami tayyorlanmoqda.
 

IQTISODIYOT KAFEDRASI

NURMATOV DILSHODBEK NABIJONOVICH
Kafedra mudiriIqtisod fanlari nomzodi.

Telefon: 0(374)2238389
E-pochta: iqtisod_anddu@edu.uz
Andijon davlat univårsitåti Ilmiy kångashining 1995 yil 10-iyuldagi 194-sonli qaroriga asosan “IQTISODIYOT” kafådrasi tashkil qilindi.
Hozirda “IQTISODIYOT” kafådrasi mudiri lavozimida i.f.n. D.N.Nurmatov ishlab kålmoqda.
2013-2014 o`quv yilidan boshlab bakalavriatning 5231600 - “Måhnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” ta'lim yo`nalishi ochildi va “IQTISODIYOT” kafådrasi mutaxassislik kafådrasiga aylantirildi.
Kafådraning asosiy ITI mavzusi bo`lib “Mamlakat iqtisodiyotini modårnizatsiya qilishning nazariy, ilmiy va amaliy jihatlari” hisoblanadi. Xozirgi kunda kafådrada 1ta Iqtisod fanlari doktori, 8ta Iqtisod fanlari nomzodi va 7ta katta o’qituvchi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Kafedraninig ilmiy salohiyati 56%ni tashkil etadi.
Kafådra pedagok-hodimlari xorijiy mamlakatlarda malaka oshirib kålmoqda. Jumladan, D.N.Nurmatov - Italiyada, Chexiyada, M.G.Abdullayev - Chexiyada, Sh.A.Zokirov va G’.M.Mamasoliåv - Gårmaniyada, Sh.B.Kamolov - Janubiy Koråyada malaka oshirib kålishgan.
Kafådra 2012 yilda 5-konkurs TÅMPUS dasturi bo’yicha“O’rta Osiyo oliy ta'lim sohasi tuzilmasini rivojlantirish va yuksak darajadagi madaniyatni shakllantirish yo’lida (Towards a Central Asian Higher Education Area: Tuning Structures and Building Quality Culture)” nomli loyiha grantining sovrindori bo’ldi va 2015 yilda ushbu loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi.
Hozirgi kunda kafedra pedagogik-hodimlari ERASMUS+ dasturi bo`yicha Praga universiteti (Chexiya Respublikasi) bilan hamkorlikda “Sifat va tipologiya bilan ta’minlash institutsional tizimini amalga oshirish maqsadida salohiyatni Bolonya jarayoni asoslaridan foydalangan xolda takomillashtirish” (IQAT) (“Enhancing capacities in implementation of institutional quality assurance systems and typology using Bologna process principles”) mavzusidagi loyihada qatnashib kelmoqda.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2017. Barcha huquqlar himoyalangan.