0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

Filologiya fakulteti




RAHMONOV BAXODIRJON MAMAJONOVICH
Fakultet dekani. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Telefon: 0(374)2238380
E-pochta: 
Qabul kunlari: Har kuni

Fakultet dekani biografiyasi:

  • 1992-1998 yillarda o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari
  • 1998-2001 yillarda Akademik litsey kasb-hunar kollej va marketing bo'yicha prorektor
  • 2002-2005 yillarda O'zbek tili va adbiyoti kafedrasi dotsenti
  • 2005-2010 yillarda O'zbek tili va dabiyoti kafedrasi dotsenti
  • 2010-2012 yillarda Boshlang'ich ta'lim kafedrasi mudiri
  • 2012-2015 yillarda Xorijiy tillar fakulteti dekani
  • 2015-2017 yillarda O'zbek tili va dabiyoti kafedrasi dotsenti
  • 2017 yil 30-avgusdan Filologiya fakulteti dekani

SHAXOBOV KAMOLDIN BILOLDINOVICH
Ma`naviyat va ma`rifat ishlari bo`yicha
dekan o`rinbosari
Telefon: 0(374)2238380
E-pochta: 

 

AXMEDOV BOTIRJON RAVSHANOVICH
O`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari

Telefon: 0(374)2238380
E-pochta: filolog_anddu@edu.uz

 
Bugungi kunda fakultetda 3 ta kafedra faoliyat olib bormoqda. Bular: “O‘zbek tili va adabiyoti”,“ O‘zbek tilshunosligi”, “Rus tili va adabiyoti” kafedralaridir.
Fakultetda 4 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida mutaxassis pedagoglar tayyorlanadi:
5120100- “Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)” ta’lim yo‘nalishi,
5120100- “Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)” ta’lim yo‘nalishi,
5111300- “ Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda)” ta’lim yo‘nalishi,
5111300- “Ona tili va adabiyoti (Qirg‘iz tili va adabiyoti)” ta’lim yo‘nalishi. Bu ta’lim yo‘nalishlarida yosh mutaxassis kadrlar tayyorlab chiqarilmoqda.
Bitiruvchilar maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida pedagogik faoliyatlarini olib borishlari mumkin.
Fakultetda talabalarga ihtisoslik fanlaridan A.Sobirov, D.Nabieva, X.Solixova, D.Quronov, S.Mirzaeva, B.Jalilov, Sh.Shaxobiddinova, Sh.Yusupovalar kabi professorlar mashg‘ulotlar olib bormoqdalar.
 
 
FAKULTET KAFEDRALARI 
 
 
RUS TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
 

RAXMONOV TOJIDIN LATIPOVICH
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari nomzodi.

Telefon: 0(374)2238380
E-pochta: rustili_anddu@edu.uz

 
Filologiya kafedrasi 2010 yilda tashkil topgan va universitetning kenja kafedralaridan biri hisoblanadi. Kafedrada bugungi kunda qirg‘iz tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishlari mavjud.
Kafedra professor-o‘qituvchilari universitetning barcha milliy guruhlarida rus tili darslarini olib boradilar. Kafedra talabalari ichida olimpiada g‘oliblari, “ Kasaba uyushmalari stipendiyasi” sovrindorlari, Respublika fan olimpiadasi g‘oliblari bor.

O`ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
 

KARIMOV XALIMJON O`RINOVICH
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Telefon: 0(374)2238380
E-pochta: adabiyot_anddu@edu.uz

 
1936-yil Andijon Davlat kechki pedagogika institutida o‘zbek adabiyoti bo‘limi ochildi. 1939- yil Andijon Davlat o‘qituvchilar institutining kunduzgi va sirtqi bo‘limlariga talabalar qabul qilish boshlandi. Ana shu davrdan boshlab xalq maorifi sohasida o‘zbek tili adabiyoti bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash uchun baza yaratildi.
1944- yil o‘zbek tili va adabiyoti kafedralari birlashtirilib, yagona o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashkil qilindi. Asqad Muxtor birlashtirilgan kafedraning 1-mudiri etib tayinlandi.
1962- yili bu kafedra ikkiga ajralib o‘zbek adabiyoti va o‘zbek tilshunosligi kafedralari tashkil etildi.
Yarim asrdan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbek adabiyoti kafedrasi o`tgan  yillar ichida minglab yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab chiqardi.
O‘zbek adabiyotining rivojiga o‘z ijodi bilan hissa qo‘shgan va bu yo‘lda mehnat qilayotgan Saida Zunnunova, Mukarram Murodova, Mirzakarim Pirmatov, Ismoil To‘lakov, Hanifa Solihova, Farid Usmon, Halima Qoraboeva, Usmonjon Shukurov, Usmon Qo‘ldosh Mirzo, Odiljon Abduraxmonov, O‘tbosar Mirzaev, Ahmadjon Daliev kabi shoir va yozuvchilar ham fakultetimizning sobiq talabalaridir.
Kafedra a’zolari faqat talabalarga dars berish bilangingina cheklanib qolmasdan ilmiy tadqiqot va badiiy ijod bilan ham jiddiy shug‘ullanmoqdalar. Ular tomonidan bir qancha monografiya, o‘quv-uslubiy qoo‘llanma, she’riy to‘plamlar va ilmiy maqolalar  chop ettirilgan va e’lon qilingan.
 

O`ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI

NABIEVA DILORO ABDULXAMIDOVNA
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari doktori.

Telefon: 0(374)2238380
E-pochta: tilshunos_anddu@edu.uz

 
Farg‘ona vodiysida filolog kadrlarga bo‘lgan talab va  ehtiyojlardan kelib chiqqan holda 1936 yilda Andijon davlat kechki  pedagogika institutida o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha malakali mutaxassislar taayyorlash uchun baza yaratila boshlandi. 1939 yilda Andijon davlat o‘qituvchilar institutining kunduzgi va  sirtqi bo‘limlariga talabalar qabul qilindi. 1941 yildan boshlab universitetni tugatgan yuqori malakali mutaxassislar institutga ishlash uchun kela  boshladilar.
1944 yilda institutdagi mayda kafedralar qo‘shilib yiriklashtirildi. O‘zbek tili va adabiyoti kafedralari birlashtirilib, yagona o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashkil qilindi. Asqad Muxtor birlashtirilgan kafedraning birinchi mudiri etib tayinlanadi.
2001 yilda bakalavr hamda magistrlarga bo‘lgan talab va ehtiyojlarning keskin darajada oshib  ketganligi kafedra yuklamasida o‘quv soatlarining ham keskin ortib ketishiga sabab bo‘ldi. Bu esa kafedrani ikkiga ajratish uchun asos bo‘ldi. Kafedra bo‘linib, O‘zbek tilshunosligi hamda Umumiy tilshunoslik kafedralariga ajratildi.
Umumiy tilshunoslik kafedrasiga prof.A.Nurmonov, O‘zbek tilshunosligi kafedrasiga dotsent A.Sobirov mudirlik qildilar.
2006 yilda O‘zbek tilshunosligi va Umumiy tilshunoslik kafedralari birlashtirilib, Tilshunoslik kafedrasiga aylantirildi, mudir etib U.Rahimov tayinlandi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2017. Barcha huquqlar himoyalangan.