0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

Xalqaro aloqalar bo'limi




BO`LIM HAQIDA

XALQARO ALOQALARNING MAQSADI

XALQARO ALOQALAR BO‘LIMINING ASOSIY VAZIFALARI

REJADAGI ISHLAR

 

BO`LIM HAQIDA

O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tgan qisqa tarixiy davrida ta’lim va iqtisodiyot sohasida katta yutuqlarga erishildi. Yurtimizda olib borilayotgan barcha islohotlar xalqimizning turmush farovonligini oshirish, Vatanimizni taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga qo‘shishga qaratilgan. O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi tub o‘zgarishlar xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro diplomatik munosabatlarning o‘rnatilishi, jahon hamjamiyati tomonidan mustaqil davlat sifatida tan olinishi va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy aloqalarning o‘sishi, shuningdek, fan va ta’lim sohasida keng miqiyosda hamkorlikni olib borilishi kabi yuzlab omillarni misol qilib keltirish mumkin.

Hozirgi kunda xorijiy hamkorlik orqali oliy va o‘rta maxsus ta’limda ko‘plab grant loyihalar, dasturlar ishlab chiqilmoqda va ta’limga joriy etilmoqda. Bu hamkorlik natijasi o‘laroq yangi texnologiyalar ta’limga kirib kelmoqda. Ko‘plab mutaxassislar xorijdagi nufuzli ta’lim maskanlarida  bo‘lib, yangi zamon o‘qitish texnologiyalarini tadbiq etish bo‘yicha malaka oshirib kelmoqda.

Andijon davlat universitetining halqaro aloqalar bo‘limi ilk mustaqillik yillarida tashkil etilgan bo‘lib, 2006 yilda  qayta takomillashtirildi. Xalqaro aloqalar bo‘limi bevosita universitet rektori tomonidan boshqariladi. Mazkur bo‘limda bo‘lim boshlig‘i va uslubchi faoliyat olib bormoqda.

Andijon davlat universiteti xalqaro hamkorlik sohasida ko‘plab muvofaqiyatlarga erishib kelmoqda. Xalqaro hamkorlarni universitetga jalb qilish, turli xorijiy grant dasturlarda ishtirok etish  universitetning barcha fakultet va kafedralarning ajralmas doimiy xayot tarziga aylandi. Universitet rahbariyati tomonidan “Xorijiy hamkorlik” loyihasi ishlab chiqilib, unga ko‘ra yosh olimlarni xorijning nufuzli oliygohlarida o‘qib, izlanish olib borishi kiritildi. Universitetning barcha fakul’tet va kafedralarida maxsus guruh tashkil qilindi. Bunga ko‘ra fakul’tet kafedralarga biriktirilgan yosh olimlar aniqlanib, ularning mutaxassisligi, ilmiy izlanish sohasi bo‘yicha xorijdan hamkor o‘quv yurti topildi va belgilangan tartibda qisqa muddatga malaka oshirishga yuborildi.

[BOSHIGA]

XALQARO ALOQALARNING MAQSADI

  • Universitetni xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari, malaka oshirish institutlari, ilmiy tadqiqot bilan bog‘liq labaratoriyalar bilan yaqindan xamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
  • Xalqaro aloqalarni kengaytirish orqali universitetini Respublika oliy o‘quv yurtlari orasida yetakchilar qatoridan muqim o‘rin olishida ko‘maklashish. Nafaqat mamlakat balki xalqaro miqiyosda ham universitetni o‘quv va ilmiy reyting darajalarini yuqorilashiga yordam berish;
  • Universitetga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, o‘quv seminar treyninglarni tashkil qilish, ilmiy aloqalarni mustaxkamlash, o‘qituvchi hamda talabalarni zamon talabiga javob beruvchi xorijiy adabiyotlar bilan tanishtirish;
  • Talabalar va professor-o‘qituvchilarni dunyoning nufuzli ta’lim muassaslarida ta’lim olishlarini, tajriba ortishlarini xorijiy jamg‘arma va tashkilotlar tomonidan ta’sis etilgan grant tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, so‘ngi o‘quv va ilmiy tajribalarni o‘rgangan holda eng muqobillarini ta’limga tadbiq etishlarini ta’minlashdan iborat. Bunday maqsadlarni amalga oshirish pirovardida ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

[BOSHIGA]

XALQARO ALOQALAR BO‘LIMINING ASOSIY VAZIFALARI

  • O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xalqaro aloqalarga doir buyruqlari, modemogrammalari va ko‘rsatmalarini bajarish hamda ijrosini ta’minlaydi. 
  • O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yuboriladigan xatlar va ko‘rsatmalar ijrosini ta’minlaydi va xisobotlarini tayyorlaydi.
  • O‘zbekistondagi akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpuslar, vakolatxonalar, donor tashkilotlar bilan munosabatlarni o‘rnatadi va rivojlantiradi.
  • Andijon davlat universiteti bilan xorijiy oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari o‘rtasida o‘rnatilayotgan aloqalarni shartnoma, memorandum, bayonnoma, kelishuv asosida belgilangan tartiblarga muvofiq rasmiylashtiradi va bajarilishini nazorat qiladi. 
  • Universitetga tashrif buyurayotgan xorijiy mutaxassislar, akademik xodimlar va xamkor vakillarning faoliyatini muvofiqlashtiradi. 
  • Ta’limni rivojlantirishga qaratilgan xorijiy sarmoyalarni jalb etish ishlarini olib boradi.
  • Universitetning professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, magistrant, talabalarga doimiy ravishda xorijiy grantlar, ilmiy tadqiqotlari uchun fond mablag‘larini olish, tanlovlarda ishtirok etishlariga ko‘mak beradi hamda ularga yo‘l yo‘riq ko‘rsatadi. 
  • Universitet professor-o‘qituvchilari, stajyor-tadqiqotchilari, katta ilmiy xodimlarni chet el safarlariga borishlari uchun xujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘mak beradi va muvofiqlashtiradi. 
  • Universitet professor-o‘qituvchilarini ilmiy salohiyatini oshirish uchun Respublika va xorijiy jamg‘arma, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi, ITEC, MTCP, SCP, Erasmus Mundus, SIDA, JICA, KOICA, UNECO va boshqa xalqaro tashkilot va ta’lim fondlari tanlovlarida ishtirokini muvofiqlashtiradi. Jamg‘armalar bilan kelishgan holda qo‘shma ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish, hamkorlikda ilmiy loyihalar tayyorlashni yo‘lga qo‘yadi. 
  • Universitetning ilmiy bo‘limi bilan kengashgan holda xorijiy ilmiy jurnal va halqaro konferensiyalar haqida professor-o‘qituvchilarga, stajyor-tadqiqotchilarga, katta ilmiy xodimlarga o‘z vaqtida ma’lumot berishni nazorat qiladi. Jamg‘armalar bilan kelishgan holda qo‘shma ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish, xamkorlikda ilmiy loyihalar tayyorlashni yo‘lga qo‘yadi. 

 

Xalqaro aloqalar bo‘limi xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda universitetimizda til markazlarini tashkil qilish va ularda chet el fuqarolarining ta’lim olib borishlariga sharoit yaratib beradi. Jumladan  hozirda Janubiy Koreyaning KOICA tashkiloti volantyorlari koreys tili o‘quv kurslarini tashkil etgan.

Andijon davlat universitetining xalqaro aloqalar bo‘limi ushbu maqsad va vazifalarni yo‘lga qo‘yishda hamda rivojlantirishda o‘zining  yillik istiqbolli rejalari asosida faoliyat olib bormoqda. Shundan kelib chiqqan holda Andijon davlat universiteti xorijiy davlatlarning 20dan ortiq eng ilg‘or universitetlari va ta’lim maskanlari bilan aloqalarni o‘rnatgan. Xususan, London metropoliten universiteti, Norvich universiteti (Buyuk Britaniya), Dalnevostok davlat texnika universiteti, Yaroslav davlat universiteti, Novosibirsk geodeziya davlat  akademiyasi optika va optik texnologiyalar instituti (Rosiya), Seul Milliy universiteti, Vusuk universiteti (Janubiy Koreya), Toxiko universiteti, Tokio til o‘rgatish markazi, Osiyo Tinchlik universiteti (Yaponiya), Markaziy millatlar universiteti (Xitoy), Mays universiteti, Y.Guttenberg universiteti (Germaniya), Piza universiteti (Italiya), Afina sotsiologik ilmiy o‘quv markazi (Gretsiya), Gent universiteti (Belgiya), Gorlovka chet tillar instituti (Ukraina), MARA texnologiya universiteti (Malayziya), Haydarobod ilmiy va boshqaruv instituti (Hindiston), Almaota universiteti (Qozoqiston) va boshqalar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Kelgusida Norvegiyaning Oslo universiteti, AQShning Kaliforniya universiteti, Ispaniyaning Valensiya universiteti, Rossiyaning Perm universiteti, Fransiyaning Tuluza universiteti, Latviyaning Riga universiteti hamda Bruneya Sultonligining Bruneya texnologiya universitetlari bilan o‘quv, ilmiy va amaliy hamkorlik olib borish loyihalar rejasi ishlab chiqilmoqda.

Oxirgi 5-10 yil ichida universitetning yetmishga yaqin talaba, magistrant, ilmiy tadqiqotchi, stajyor-tadqiqotchi, katta ilmiy xodim va professor-o‘qituvchilari xorijdagi nufuzli ta’lim muassasalarida taxsil olib, o‘z sohalari bo‘yicha malaka oshirib, ilmiy konferensiyalarda muvofaqqiyatli qatnashib qaytdilar.

Universitetimizda olib borilayotgan ta’lim jarayoni, qurulish-obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish hamda professor-o‘qituvchi, magistrant, talabalar bilan ilmiy va o‘quv-uslubiy sohada fikr almashish maqsadida O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan elchixona va vakolatxona rahbarlari, shuningdek, O‘zbekistonga kelgan mashhur olimlar  universitetga tashrif buyurdi. Jumladan, AQShning O‘zbekistondagi muxtor elchisi janob  Jorj Krol,  Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi muxtor elchisi janob Chon De Van, Rossiyaning Dalnevostok davlat texnika universiteti rektori,  professor Kim G.N., Fransiyaning V.Gyugo o‘quv markazi rahbari professor Olive Giyom, Yaponiyaning Tokio til o‘rgatish markazi rahbari  professor Vacho Oxinata, Xitoyning Markaziy millatlar universiteti professori, etnolog Yan Shi Min, Italiyaning Piza universiteti professori An Katrina Ayzak, Yevropa Ittifoqining Erasmus Mundus loyiha kordinatori Anna Korepanova va boshqa olimlarni misol qilish mumkin. 

Universitetga tashrif buyurgan yuqori martabali mehmonlar o‘z  tashriflari chog‘ida universitet professor-o‘qituvchilariga, stajyor- tadqiqotchilar, magistrant va talabalarga o‘z hayotiy tajribasi hamda yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruzalar o‘qib berishdi. Shu bilan birga, 2012 yildan buyon Janubiy Koreyadagi va Rossiyadagi nufuzli oliygohlar hamda Andijon davlat universitetining talaba, professor-o‘qituvchilari ishtirokida masofaviy ochiq muloqotlar o‘tkazilib fikr almashildi. Muloqotda 63 nafar o‘qituvchi, talabalar ishtirok etdilar. Xalqaro madaniy hamkorlik sohasida universitetda faoliyat olib borayotgan volantyor Li Se Xang boshchiligida Koreys tili yozgi lageri tashkil qilinib Farg‘ona vodiysidagi barcha universitetlardan va Janubiy Koreyaning Seul milliy universitetidan mehmonlar taklif etildi va madaniy kecha tashkil qilindi.

Xorijiy yaqin hamkor tashkilotlar. KOICA tashkiloti yaqin xorijiy hamkorlarimizdan biri sifatida universitetga ko‘plab investitsiya olib kirayotgan tashkilotlardan biri hisoblanadi. KOICA tashkilotining asosiy vazifasi Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiyot, madaniyat, ta’lim, sport va tibbiyot sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat. KOICA tashkiloti Koreyalik volantyorlar (ko‘ngilliklar) bilan ishlashni va ularni oliy ta’lim sohasida yaqindan aloqa o‘rnatish maqsadida yuborib kelmoqda. Andijon davlat universiteti KOICA tashkiloti bilan 2008 yil oktabr oyida hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. 2008 -2013 yillar davomida universitetga 4 ta volantyor: Axborot texnologiyalari va kompyuter savodxonligi bo‘yicha volantyorlar Yung Xun Ju (2008-2010yy) va  Kim Sang Xan (2009-2011yy). Koreys tili va madaniyati yo‘nalishi bo‘yicha Be Se Jin (2010-2012 yy), Li Se Xyang (2012-2014yy) jalb qilindi.  KOICA tashkiloti o‘rtasida 50.000 AQSh dollari xajmida axborot texnologiyalarini rivojlantirish va elektron dasturlar yaratish maqsadida “Axborot texnologiya markazi” tashkil etildi (2008-2012 yillar),  “Koreys tili va madaniyati” markazi tashkil etish maqsadida 16.000 AQSh dollari xajmida investitsiya olib kelindi (2012-2014 yillar).

Mazkur markazga Koreyaning Seul miliiy universitetidan o‘quv adabiyotlar keltirildi va o‘quv laboratoriyasi tashkil etildi. Koreys tili va madaniyati bilan yaqindan tashish imkoniyatini beruvchi bu markazda 2 nafar volantyorlar koreys tili bo‘yicha o‘quv kurslar tashkil qildi. Bu nafaqat universitet balki universitet qoshidagi akademik litsey talabalari va viloyatimizdagi qo‘shma korxona vakillariga koreys tilini o‘rganish imkoniyatini yaratdi. Markaz talabalari KOICA tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgan koreys tili madaniyati tanlovida imtiyozli 1-o‘rinni egalaganliklari bizni yutuqlarimizdan biri hisoblanadi.

2011-2012 o‘quv yili davomida ikki nafar iqtidorli talabamiz filologiya fakulteti talabasi Imomnazarova Shahlo va xorijiy tillar fakulteti talabasi Soy Yelena,  2012-2013 o‘quv yili davomida tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi Chen Angelina Janubiy Koreyaning Seul milliy universitetidagi yozgi legerlarda taxsil olib qaytdilar.

Yevropa Ittifoqining TEMPUS va Erasmus Mundus dasturi universitetda qarib 8 yildan bunyo hamkorlik oliborayotgan  xorijiy xamkorlardan xisoblanadi. Tempus dasturi universitetning professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, magistrant, talabalarga doimiy ravishda xorijiy grantlar, ilmiy tadqiqotlari uchun fond mablag‘larini olish, tanlovlarda ishtirok etishlariga ko‘mak berish maqsadida seminar treynglar tashkil etib kelmoqda Buning natijasi o‘laroq 2012 yil Andijon davlat universiteti Tempus dasturining grant sovrindoriga aylandi. TuCAHEA (Towards a Central Asian higher Education Area: Tuning Structures and Building Culture) “Markaziy Osiyo oliy ta’lim kengligini yaratish yo‘lida tarkibiy adaptatsiya va ta’lim sifatini oshirish” loyihasi ish boshlagan. Loyiha 2012-2015 yillar davomida amalga oshiriladi. Loyiha maqsadi Markaziy Osiyo oliy ta’limini Yevropa oliy ta’limi bilan muvofiqlashtirish, hamkor mamlakatlar uchun umumiy bo‘lgan va o‘z navbatida ma’lum mintaqa uchun o‘ziga xos bo‘lgan imkoniyatlar va extiyojlardan kelib chiqqan holda oliy ta’lim tizimini baxolash va ularni amaliyotga joriy etishdir. Loyiha qiymati 746 000 yevroni tashkil qiladi. Asosiy xorijiy xamkor Belgiyaning Gent universiteti, Italiyaning Piza universiteti va Gollandiyaning Groningen universitetlaridir. 2013 yilda universitetga ogrtexnika jihozlari olish hamda professor-o‘qituvchilarni yevropa universitetlarida malaka oshirishlari uchun 10.280 yevro ajratildi.

Xorijiy tillar fakulteti xalqaro dasturlarda faol qatnashib, Britaniya Kengashi va inglizabon davlatlarning universitetlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Hozirda PRISETT dasturi doirasida ingliz tili mutaxassisligi bo‘yicha taxsil olayotgan talabalarni yangi pedagogik dasturlar asosida o‘qitilmoqda. Nemis tili kafedrasi esa DAAD dasturi Geote instituti dasturlaridoirasida va bilan birga Germaniyaning nufuzli universitetlari bilan muntazam ilmiy va ta’limiy aloqalar olib bormoqda.

Loyixalar bo‘yicha ayniqsa kimyo-biologiya, fizika-matematika, xorijiy tillar va tarix va ijtimoiy fanlarni o‘qitish fakultetlari xalqaro grant dasturlarda muvoffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Andijon davlat universiteti 543704-TEMPUS-1-2013-1-RO-TEMPUS-JPHES “IT Training for non-university teachers” (O‘rta ta’lim boqsich  o‘qituvchilarini axborot texnologiyalar soxasida o‘qitish) nomli loyixasida ishtirok etishni qo‘lga kiritdi. Ushbu loyiha uch yilga (2013  yil 1 dekabrdan boshlandi) mo‘ljalangan bo‘lib, uning umumiy byudjeti 777387 yevroni tashkil etadi. Loyihaning asosiy maqsadi bo‘lib axborot texnologiyalar bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish yo‘li bilan axborot texnologiyalar sohasida o‘qituvchilarning malakasini oshirish orqali maktab va kollej tizimida ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan. Universitetda o‘qituvchilar uchun uzluksiz o‘qitish tizimini, shuningdek onlayn tizimi va masofadan o‘qitishni joriy qilish orqali xodimlar malakasini oshirish.  Loyiha 2013-2016 yillar davomida amalga oshiriladi.

[BOSHIGA]

REJADAGI ISHLAR

  • universitet tadqiqotchilari tomonidan jahondagi nufuzli ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish va xalqaro  anjumanlarda ma’ruzalar qilish ko‘zda tutilgan.
  • Yevropa Ittifoqining Erasmus Mundus loyixalarini ishlab chiqish Yevropaning nufuzli universitetlari bilan talaba va o‘qituvchialmashinuvini yo‘lga qo‘shish rejalashtirilgan. 
  • “Gorizont -2020” dasturi bo‘yicha yangi loyihada ishtirok etish natijasida yosh iqtidorli olimlar va ilmiy tadqiqotchilarning innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish, halqaro doirada tajriba ortirish hamda ilg‘or g‘oyalarni amaliyotga tadbiq etishlarini moliyaviy jihatdan qo‘llab quvvatlanishini tashkillashtirishda xalqaro aloqalar bo‘limi yaqindan ko‘mak beradi. 

Xalqaro aloqalar va hamkorlik masalalari bo‘yicha axborot olish uchun interdep@adu.uz  elektron manzili yoki  +99893 7877150 raqami orqali murojat qilishingiz mumkin.

[BOSHIGA]

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2017. Barcha huquqlar himoyalangan.