0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

Xo'jalik bo'limi




MAMAJONOV ULUG`BEK IBRAGIMOVICH
Xo`jalik bo`limi boshlig`i

Telefon:
E-pochta:
 
Xo‘jalik  bo‘limi   universitetning   moliya  va iqtisodiyot bo‘limi  tarkibiy   tuzilmasiga   kiradi  va  bevosita  prorektor boshqaruvida  faoliyat  olib boradi.Xo‘jalik  bo‘limi  o‘z  tarkibida  o‘quv bino va  talabalar  turar joylari obodonlashtirish,  issiqlik,   Mexnatni  muxofaza  qilish  bo‘limlarini o‘z ichiga oladi.
 
Xo‘jalik bo‘limi boshlig‘ini lavozim vazifalari: 
  • Rahbarligidagi xodimlarini umumiy boshqarish;
  • Ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
  • Universitet binolari va atrof muhitini talab darajada saqlanish, ularga xizmat ko‘rsatish ishlarini boshqarish;
  • Binolarni joriy va kapital ta’mirlash ishlarini bajarishga rahbarlik qilish;
  • O‘quv, laboratoriya va talabalar turar joylari binolarini o‘quv va yumshoq mebel bilan jihozlash ishlarini tashkillashtirish.
  • Xonalardagi jihozlarni talab darajasida  saqlanishini nazorat qilish;
  • Jihozlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish;
  • Xo‘jalik ishlariga ajratilgan mablag‘ va xo‘jalik ashyolarini tejamli sarflanishini nazorat qilish;
  • Universitetga tashrif buyurgan mehmon va delegatsiyalarni qabuli bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
  • Universitet atrof muhitini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga rahbarlik qilish;
  • Universitetda o‘tkaziladigan majlis, konferensiya va shu kabi boshqa anjumanlarni tashkiliy ishlarini tashkil qilishi;
  • Binolarda yong‘in xavfsizligi ishlarini tashkil qilish.
 
Bilishi kerak: 
  • Xo‘jalikni yuritishga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni universitet  ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi;
 
Malaka talablari:
 
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.
 
Obodonlashtirish bo‘limi
 
Universitet  xududini  tozalash,  obodonlashtirish  xar  xil  chiqindilarni  olib  tashlash, daraxtlarga  shakl   berish, gullar ekish va  parvarishlash, latoklarni tozalash, gulxonalarni yerlariga  ishlov  berish, maysalarni  o‘rish, ma’muriyat  tomonidan topshirilgan  vazifalarni bajaradi.
 
Issiqlik bo‘limi
Universitetning  barcha  o‘quv va  talabalar  turar   joyi binolariga  markaziy  qozonxona orqali issiqlik yetkazib berish  ishlarini   tashkil  etadi.
Issiqlik   bo‘limi  xodimlari qozonxonadagi   joriy  va  kapital  ta’mirlash  ishlarini   bajaradi. O‘quv binolari va talabalar   turar  joyidagi  issiqlik batareyalarini muntazam  ishlashini tashkil  etadi. Tashqi issiqlik  uzatuvchi  tizimlarni  ta’mirlash  ishlarini  tashkil  etadi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2017. Barcha huquqlar himoyalangan.