0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo'limi




ZIYOITDINOV JAHONGIR NORBOEVICH
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi boshlig`i
Telefon: 0(374)2238361
E-pochta: adualvakhk@umail.uz


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 martdagi 07/2-1-6-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida va Oliy ta’lim muassasalari shtatlar jadvallariga Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor lavozimi hamda “Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi” ni kiritish masalasidagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (26.02.2011 yildagi 02-06/592-sonli), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (26.02.2011 yildagi 84-04-99-sonli) ning xatlari asosida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimovning 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagog kadrlarni tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1761 sonli Qaroriga ko‘ra Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo`yicha prorektor lavozimi va Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 14 martdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga amaliy uslubiy yordam ko‘rsatish yuzasidan oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish to‘g‘risida”gi 109-sonli buyrug‘i hamda 2011 yil 1 noyabrdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quv jarayonini takomillashtirishga amaliy uslubiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida” 436-sonli buyrug‘i asosida Andijon davlat universitetiga viloyatdagi 5 ta akademik litsey va 41 ta kasb-hunar kollejlari biriktirildi.

  • O‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalari faoliyatini takomillashtirish, ulardagi ta’lim-tarbiya, o‘quv-uslubiy jarayonlari, adabiyotlar, axborot ta’minoti sifatini oshirish, pedagog kadrlar bilan ta’minlanishi va ularning kasbiy maxoratini oshirish ishlarida oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini olib boradi.
  • biriktirilgan kollejning oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha yillik ish rejasini ishlab chiqadi, OTM rektori bilan birgalikda tasdiqlaydi va uning bajarilishida amaliy yordam beradi;
  • kollejni o‘quv fanlarini mutaxassisligi va malakasiga mos o‘qituvchilar bilan ta’minlash, ularni biriktirilgan OTM, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tayanch OTMlar kafedralariga stajirovkaga yuborish bo‘yicha dasturni hamkorlikda ishlab chiqadi va OTM rektori bilan birgalikda tasdiqlaydi;
  • malakasini oshirishi va qayta tayyorlash zarur bo‘lgan kollej o‘qituvchilarini fanlar kesimida malaka oshirishda hamkorlik qiladi.
  • kollejda o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik xolatini tahlil qilish, biriktirilgan OTMning Axborot-resurs markazi imkoniyatlaridan foydalanish takliflarini ishlab chiqish va OTM axborot bazasidan, kafedralarning o‘quv-uslubiy ishlanmalaridan kollej extiyojlari uchun foydalanish chora-tadbirlarini OTM rektori bilan birgalikda tasdiqlaydi;
  • kollej o‘qituvchilarini OTMning tegishli kafedralari professor-o‘qituvchilarining ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarida ishtirok etish jadvalini ishlab chiqib OTM rektori bilan birgalikda tasdiqlaydi;
  • biriktirilgan OTMda o‘tkaziladigan ilmiy, uslubiy seminar va konferensiyalarda kollej o‘qituvchilarini muntazam ishtirok etishini ta’minlaydi;
  • kollej o‘qituvchilari bilan hamkorlikda o‘quv adabiyoti, uslubiy qo‘llanmalar, pedagogik texnologiyalar yaratishga biriktirilgan OTM professor-o‘qituvchilarini yordamini ta’minlaydi.;
  • biriktirilgan o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim muassasalariga amaliy uslubiy yordam ko‘rsatish uchun kafedralarni biriktirish, vazifalarini ishlab chikish va tasdiklashni yo‘lga qo‘yadi;
  • biriktirilgan kollejlarga o‘quv jarayoni sifatini oshirishda zamonaviy ta’lim va axborot texnologiyalarini, real iktisodiyot tarmoqlari va sohalarida talab kilingan malakali mutaxassislarni tayyorlashning boshka ilg‘or usullarni joriy kilishda amaliy yordam ko‘rsatadi;
  • biriktirilgan kollej so‘rovnomasiga muvofiq aloxida fanlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishga oliy ta’lim muassasalarining tajribali professor-o‘qituvchilarini jalb kilishni tashkil etadi;
  • biriktirilgan kollejlar o‘qituvchilarini malaka oshirishini va kayta tayyorlashni xamkorlikda tashkil etadi;
  • oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va o‘quv metodik bazasida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, axborot-resurs markazlaridan foydalanish uchun sharoitlar yaratish vazifalari amalga oshiradi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2017. Barcha huquqlar himoyalangan.