O‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash hududiy ishchi guruhi ish boshladi

вкл. .

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq talabalar o‘qishini ko‘chirish va tiklash bo‘yicha hududiy ishchi guruhi faoliyatini boshladi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI QOSHIDAGI AKADEMIK LITSEY(5-son)LARGA TASHRIFLAR

вкл. .

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini bandligini ta’minlash hamda ta’limning keyingi bosqichiga qamrab olish maqsadida Andijon davlat universiteti qoshidagi akademik litseylariga viloyat hokimligi tomonidan biriktirilgan mas’ul Andijon davlat universiteti rektori, professor A.S.Yuldashev – ADU qoshidagi 5-son akademik litseyiga tashrif buyurib, universitet haqidagi ma’lumotlar hamda litsey o‘quvchi va o‘qituvchilarini qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI QOSHIDAGI AKADEMIK LITSEYLARGA TASHRIFLAR

вкл. .

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Sh.Mamatyusupov – ADU qoshidagi Asaka akademik litseyiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida akademik litsey o‘quvchilariga  universitet tarixi haqida va stipendiat talabalar haqida ma’lumot berib o‘tdi. Litsey o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob oldilar.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI QOSHIDAGI AKADEMIK LITSEY(2-son)LARGA TASHRIFLAR

вкл. .

Ma’naviy-ahloqiy tarbiya bo‘limi boshlig‘i A.J.Akbarov – ADU qoshidagi 2-son akademik litseyiga tashriflari uyushtirildi. Tashrif orqali bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ta’limning keyingi bosqichiga qamrab olish yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Ma’naviyati yetuk yoshlar har joyda millat ko‘zgusidir. Akademik litseylarda o‘tkaziladigan har bir tadbir va bayram kechalarini uyushtirishda hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishlari haqida  aytib o‘tdi.

ENDI OLIY TA’LIM MUASSASASIGA OLG‘A!

вкл. .

Universitetda 3-son akademik litseyining bitiruvchi o‘quvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni akademik litsey direktori Lutfullo Yusupov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev so‘zga chiqib, o‘quvchilarga ta’limning keyingi bosqichida ham yuksak marralarga erishishlarini, Vatanimiz uchun fidoiy inson bo‘lib shakllanishini tiladi.

UNIVERSITETDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI

вкл. .

Andijon davlat universitetida ta’lim muassasalari bilan uzluksiz hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini universitet o‘quv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy hayoti bilan yaqindan tanishtirish hamda ularning ta’limning keyingi bosqichiga yo‘naltirish maqsadida universitetda viloyatimizdagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining bitiruvchi bosqich o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

    

Manzil xaritasi

Bizning manzil

OTMlar reytingi

Tashriflar

1065110
Bugun
Kecha
Shu hafta
O'tgan hafta
Shu oy
O'tgan oy
Jami
4557
2291
6848
25434
124336
89036
1065110

Online (5 minutes ago):62
62 guests
no members